Ishlab chiqarish — bu turli xona toifalari, chang, yuqori harorat, portlash xavfi bor zonalar. Yechim har bir sex uchun tanlanadi: qayerdadir tutun, qayerdadir alanga, qayerdadir portlashdan himoyalangan xabarlagichlar.

Biz «Sarbast» zavodida, OKMK, Chirchiq kimyo zavodi, Farg'ona NQIZ, Navoiy sement zavodi obyektlarida ishlaganmiz.

Amaliy maslahatlar

  • Xonalarni toifalashdan boshlang — himoya talablari shunga bog'liq.
  • Liniyalarni to'xtatmaslik uchun ishlar jadvalini ishlab chiqarish bilan kelishing.
  • Changli sexlar uchun datchiklarga tez-tez xizmat ko'rsatishni rejalashtiring.